O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish” mavzusidagi o‘quv-seminari Angren shahrida davom ettirildi.
24-oktabr kuni Angren shahar hokimiyati majlislar zalida shahardagi korxona, tashkilot va muassasalar boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari uchun o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Angren shahar hokimi A.Rayimov ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 17-oktabr kuni kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuvida ilgari surilgan tashabbuslardan kelib chiqadigan maqsad va vazifalar, bu borada davlat boshqaruvi organlari hamda kasaba uyushmalari hamkorligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida atroflicha fikr bildirdi.
Seminar davomida ma’ruzachilar tomonidan ishtirokchilarga mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, xususan ularga xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, sanatoriylarda sog‘lomlashtirish, kasaba uyushmalarining tashkiliy-huquqiy asoslari, moliyaviy masalalarda amaldagi me’yoriy hujjatlarga rioya etish. Yosh ishchi xodimlar bilan ishlashning asosiy tamoyillari, “KasabaKIAT” tizimidan foydalanish tartibi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Seminar so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi.













Spelling error report
The following text will be sent to our editors: