O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashining 2025 yil II yarim yillik ish rejasiga asosan O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan Qibray tumanidagi “Chinobod neftbazasi” AJ da “Mehnat kodeksining mehnatni muhofaza qilish borasidagi talablari hamda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Mazkur amaliy seminarga “Chinobod neftbazasi” AJ tizimidagi tashkilotlarning mehnat muhofazasi bo‘yicha mas’ul xodimlari, mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillar va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislari taklif etilgan.
Seminarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari O‘.Rashidov, “Chinobod neftbazasi” AJ direktori S.Murjanov, “Chinobod neftbazasi” AJ direktorning birinchi o‘rinbosari, bosh muxandis S.Sagdullayev, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyat Kengashi Mehnat-huquq inspektori M.Mirzayev va Mehnat-texnik inspektori Sh.Xazratkulov, mehnat muhofazasi bo‘yicha yetakchi mutaxassi S.Erbo‘tayevlar ishtirok etishdi.


Seminar o‘tkazishdan asosiy maqsad insonlarning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimini yo‘lga qo‘yish hamda ularga zarur shart-sharoitlar yaratilishida ish beruvchilar hamda kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish samaradorligini oshirishga erishish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini oldini olish, baxtsiz hodisalar haqida xabardor etish va maxsus tekshirish komissiyasi ishida kasaba uyushmalari vakilligini belgilash, mavjud muammoli masalalarini aniqlash, tahlil etish, baholash, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalanganligi muntazam yo‘lga qo‘yishdan iborat.


Mazkur seminarda ma’ruzachilar tomonidan Mehnat kodeksining mehnatni muhofaza qilish borasidagi talablari hamda mehnat xavfsizligi va gigienasi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, baxtsiz hodisalarni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar Yangi mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar, Uzbekneftgaz” AJ tizimida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar, baxtsiz hodisalarni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar, mehnat muhofazasining yangi bosqichi: ish joyida sun’iy intellekt va raqamlashtirishning roli, Toshkent viloyatida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar tahlili mavzularida ma’lumotlar berildi va muzokaralar o‘tkazildi.

Seminarning ikkinchi qismida ko‘rgazmali maxsus taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Ushbu o‘quv mashg‘ulotida favqulodda vaziyatlarda texnologik xodisalar orqali sodir bo‘ladigan yong‘inlarni bartaraf etish va jarohatldanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tadbirlari namoyish etildi.






Spelling error report
The following text will be sent to our editors: