“Mehnat kodeksining mehnatni muhofaza qilish borasidagi talablari hamda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil 17 oktyabr kuni kasaba uyushmalari vakillari bilan uchrashuvda berilgan ko‘rsatma va topshiriqlar, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashining 2025 yil II yarim yillik ish rejasiga asosan O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi binosida “Hududiy Elektr Tarmoqlari” Toshkent viloyati hududiy filiali tizimidagi tashkilotlarda mehnat muhofazasi bo‘yicha mas’ul xodimlari, mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillar va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislari ishtirokida “Mehnat kodeksining mehnatni muhofaza qilish borasidagi talablari hamda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Mazkur amaliy seminarga “Hududiy Elektr Tarmoqlari” Toshkent viloyati hududiy filiali tizimidagi tashkilotlar mehnat muhofazasi bo‘yicha mas’ul xodimlari, mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillar va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislari taklif etilgan hamda seminarni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi Fayziyeva Sayyora Mavlyanovna ochib berdi.

Seminar o‘tkazishdan asosiy maqsad:

  • Insonlarning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimini yo‘lga qo‘yish hamda ularga zarur shart-sharoitlar yaratilishida ish beruvchilar hamda kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish samaradorligini oshirishga erishish;
  • ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini oldini olish, baxtsiz hodisalar haqida xabardor etish va maxsus tekshirish komissiyasi ishida kasaba uyushmalari vakilligini belgilash, mavjud muammoli masalalarini aniqlash, tahlil etish, baholash;
  • ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalanganligi muntazam yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Mazkur seminarda ma’ruzachilar tomonidan:

  • Mehnat kodeksining mehnatni muhofazasi qilish borasidagi talablari hamda mehnat xavfsizligi va gigienasi;
  • ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, baxtsiz hodisalarni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar;
  • yangi mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar;
  • “Hududiy Elektr Tarmoqlari” Toshkent viloyati hududiy filiali tizimida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar, baxtsiz hodisalarni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar;
  • mehnat muhofazasining yangi bosqichi: ish joyida sun’iy intellekt va raqamlashtirishning roli;
  • Toshkent viloyatida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar tahlili mavzularida ma’lumotlar berilib muzokaralar o‘tkazildi.

Seminarda “Hududiy Elektr Tarmoqlari” Toshkent viloyati hududiy filiali mas’ullari tomonidan mehnat muhofazasi bo‘yicha ko‘rgazma tashkil etildi, mutaxassislar boshchiligida ushbu vositalardan foydalalanish bo‘yicha tushuntirish berildi.

Print Friendly, PDF & Email