2007-yil 18-dekabrda ВМТ Bosh Assambleyasi 15-oktabr “Xalqaro qishloq ayollari kuni” deb e’lon qildi. Bu sana – qishloq ayollarining oila, jamiyat va taraqqiyotda tutgan beqiyos o‘rnini e’tirof etish, ularning mehnati va jasoratini qadrlash ramzidir. Bugungi kunda butun dunyoda ushbu kun qishloq ayollariga bo‘lgan hurmat va minnatdorlik timsoli sifatida keng nishonlanmoqda.
Ayni paytda, mamlakatimizda 9 mln.ga yaqin xotin-qizlar qishloq hududlaridagi mahallalarda istiqomat qiladi. Ularning aksariyati qishloq xo’jaligining turli sohalarida, tadbirkorlik, hunarmandchilik vа kasanachilik, tomorqadan samarali foydalanish kabi yo‘nalishlarda fidоkоrоnа mehnat qilib kelishmoqda.
Bugungi kunda Toshkent viloyatda 1 mln. 548 ming 224 nafar xotin-qizlarning 1 mln. 122 ming 478 nafari ya’ni 72,5 foizi qishloq joylarda ya’ni olis va chekka hudud tuman markazidan 30 km va undan olis masofada 51 ta, chegara yoki anklav hududda 92 ta mahallalarda yashab kelmoqda. 17 mingdan ziyod tadbirkor, 1045 nafar hunarmand ayollar faoliyat yuritmoqda.
Toshkent viloyati hokimligi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan 15-oktabr – “Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan joriy yilning 18-oktabr kuni Bo‘stonliq tumanidagi “Piramida” dam olish maskanida madaniy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari – “Oila va xotin-qizlar” boshqarmasi boshlig‘i N.Normirzayeva, qishloq xo‘jaligi sohasida uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib kelayotgan 200 nafardan ortiq xotin-qizlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan nishonlanayotgan kunning mazmun-mohiyati, ayollarning jamiyat hayoti va mamlakat taraqqiyotida tutgan o‘rni, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan islohotlar xususan kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.



Tadbir davomida 50 nafar faol xotin-qizlarga viloyat hokimligi hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Toshkent viloyat Kengashi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, 5 nafar ayollarga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufidagi sanatoriylarga bepul yo‘llanmalar taqdim etildi.
Ishtirokchilar uchun bayram dasturxoni yozildi. Tadbir davomida yangragan bayramona kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: