Viloyat Kengashining Ijroiya Qo‘mitasi:

  • Kengash majlisiga muhokama etiladigan masalalar yuzasidan tegishli hujjatlarni tayyorlaydi va ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi, qabul qilingan qarorlarning bajarilishi nazoratini tashkil qiladi;
  • kasaba uyushmalari tashkilotlarining xodimlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlashga oid talablarini davlat organlarida qo‘llab-quvvatlaydi, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun qonunchilikda belgilangan huquqlardan foydalanadi;
  • Kengash raisi o‘rinbosarini (o‘rinbosarlarini) saylaydi,
    Kengash nomidan ish beruvchilar birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan xodimlarning mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan hududiy kelishuv tuzish uchun muzokaralar olib boradi, kelishuv tuzadi va uni amalga oshirilishini nazorat qiladi;
  • belgilangan tartibda jamoa shartnomalari loyihalarini ekspertizadan o‘tkazadi, ularning bajarilishini tahlil qiladi va hisobini yuritadi, kasaba uyushmalari tashkilotlariga bu borada amaliy yordam ko‘rsatadi;
  • hududdagi davlat boshqaruvi organlari, idora, tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
  • hududda ish haqi, xodimning sog‘ligiga shikast yetkazilganligi yoki uning vafoti munosabati bilan beriladigan zarar to‘lovlarining o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan jamoatchilik nazoratini va monitoringini olib boradi;
  • hududiy mehnat bozoridagi vaziyatni tahlil qilib boradi, yangi ish o‘rinlarini yaratish dasturiga takliflar kiritadi va bajarilishini monitoring qiladi;
  • yangi ish o‘rinlari yaratilganligiga doir ma’lumotlarning haqqoniyligini joylarga chiqib o‘rganish ishlarini muvofiqlashtirib boradi;
  • hududda ish o‘rinlari qisqartirilishi yoki korxonalar tugatilishi natijasida bo‘shatib olingan xodimlarga qo‘shimcha moddiy madad choralari berilishi nazorat qiladi;
  • yashirin ishsizlik va norasmiy bandlikni cheklash borasida kasaba uyushmalari tashkilotlariga amaliy yordam ko‘rsatadi;
  • qonun hujjatlari va jamoa shartnomalarida nazarda tutilgan ijtimoiy himoya choralari qo‘llanilishini nazorat qilish ishlarini tashkillashtiradi;
  • mehnat muhofazasi sohasida olib borilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etish, baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan ish beruvchilarga talabnomalar kiritadi;
  • Xalqaro Mehnat Tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Konvensiyalariga hududda rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etadi;
  • kasaba uyushmalarining ustav vazifalari doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan jamoatchilik nazoratining barcha shakllari (davlat organlariga murojaat qilish, jamoatchilik monitoringi, jamoatchilik eshituvi, jamoatchilik tekshiruvi, jamoatchilik fikrini o‘rganish va hokazolar)dan foydalanadi;
  • kasaba uyushmalari aʼzolarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini, mehnat hukuklarini himoya qilish, mehnat muhofazasi, xodimlar va ularning oila aʼzolarini sog‘lomlashtirish, kasaba uyushmalari xodimlari va faollarini o‘qitish, madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlarini o‘tkazish sohasida ish olib boradi, ushbu masalalarda davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan qo‘shma qarorlar qabul qiladi;
  • yangi tashkil etilayotgan korxonalarni foydalanishga qabul qilishda kasaba uyushmalari vakillari ishtirokini taʼminlaydi, ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar ro‘yxatini shakllantiradi, kasaba uyushmalari bilan hamkorlikda ularda ishlovchi xodimlarni kasaba uyushmalariga jalb etish choralarini ko‘radi;
  • mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining xodimlar haq-huquqlari va manfaatlarini kamsituvchi va amaldagi qonunlarga zid qarorlarini bekor qilishga, ijrosini to‘xtatishga va o‘zgartirishga erishadi;
  • kasaba uyushmalari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, Kengashning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, institsional rivojlantirish maqsadida Federatsiya bilan kelishgan holda boshqa davlatlarning kasaba uyushmalari, xalqaro tashkilotlar, ekologik va boshqa fondlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, hamkorlikda loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etadi;
  • Kengashning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshiradi, moliyalashtirish Federatsiya orqali amalga oshirilgan hollarda Federatsiyaning Ijroiya qo‘mitasi tomonidan maʼqullangan kasaba uyushmasi va ijtimoiy sug‘urta budjeti bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasini, mazkur budjetlar hisobidan sanatoriylarga yo‘llanmalarni taqsimlash rejasini tasdiqlaydi;
  • kasaba uyushmalari tashkilotlariga kasaba uyushmalari va boshqa tizimdagi sanatoriylarga yo‘llanmalar beradi hamda bolalar oromgohlarining tasdiqlangan smetasiga muvofiq moliyalashtirishda ishtirok etadi;Kengash majlisini chaqiradi, kun tartibini taklif etadi hamda uni o‘tkazish vaqti va joyini belgilaydi;
  • Federatsiyaning Ijroiya Qo‘mitasi qarori asosida Kengash apparatining shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;
  • kasaba uyushmalari tashkilotlarida kasaba uyushmalari aʼzolarini ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini, mehnat huquqlarini himoyalash, mehnat muhofazasi, xodimlar va ularning oila aʼzolarini sog‘lomlashtirish, kasaba uyushmalari xodimlari va faollarini o‘qitish, ish yuritishni tashkil etish, madaniy va maʼrifiy tadbirlarni o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtirib boradi, o‘rganadi, amaliy yordam ko‘rsatadi, zarur hollarda Ijroiya Qo‘mita majlisida muhokama etadi;
  • kasaba uyushmalarining o‘rta va quyi bo‘g‘in organlari rahbarlari hamda xodimlari uchun kasaba uyushmalari Respublika kengashlari bilan o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda o‘quv-seminarlar tashkil etadi;
    Federatsiyaning rahbar organlari qarorlariga muvofiq kasaba uyushmalari tashkilotlari uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishi mumkin;
  • kasaba uyushmalari kadrlari va faollarini Federatsiyaning Faxriy yorlig‘i, nishonlari bilan taqdirlash, shuningdek davlat mukofotlariga tavsiya etish to‘g‘risida takliflar, taqdimnomalar kiritadi;
  • Kengash vakolat bergan boshqa vazifalarni bajaradi.
Print Friendly, PDF & Email