2025-yil 18-fevral kuni Toshkent viloyati Yangiyo’l tumani 44-umumiy o’rta ta’lim maktabida mehnat qilayotgan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish yuzasidan muassasa ma’muriyati va boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkiloti o’rtasida 2023-2025-yillarda tuzilgan jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi to’g’risida hamda BKUT faoliyati yuzasidan hisobot-saylov yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda maktab direktori N.Roxatova va boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkiloti raisi N.Kochkarova ma’ruzalari tinglandi hamda jamoa shartnomasi bajarilishi haqida hisobot berildi.
Yig’ilishda xodimlar tomonidan boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkiloti raisi faoliyati qoniqarli deb topildi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: