Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tarmog’ida hisobot-saylov yig’ilishlari davom etmoqda.

Hisobot-saylov yig'ilishlari Yangiliklar

Joriy yilning 17-fevral kuni Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Oqqo‘rg‘on tumani Kengashi tizimidagi 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda 8-sonli maktabchaga ta’lim tashkilotida boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘lishda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Oqqo‘rg‘on tumani bo‘linmasi Kengashi raisi R.Sultanov ishtirok etdi.

Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida ish beruvchi hamda BKUT raisining hisobotlari tinglandi. Yig‘ilishda boshlang’ich kasaba uyushma tashkiloti raisligiga saylov, qo‘mita a’zolari tarkibiga saylov, tuman tashkiloti konferesiyasiga delegat, mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil saylovi kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Print Friendly, PDF & Email