Joriy yilning 17-fevral kuni Toshkent viloyati Qibray tuman tibbiyot birlashmasida Jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi yakunlari to‘g‘risida ish beruvchi va boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkiloti (BKUT)ning yig‘ilishi hamda BKUT raisining faoliyati yuzasidan hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi.
Hisobot-saylov konferensiyasida boshlang’ich kasaba uyushma tashkiloti raisining 5 yilda amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi.

Delegatlar tomonidan boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkilotining faoliyati qoniqarli baholanib, V.A.Askarova 5 yil muddatga BKUT raisi etib saylandi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Toshkent viloyati Kengashi raisi Z.Ataxodjayev tomonidan kasaba uyushmasiga a’zolik afzalliklari haqida to’xtalib o’tdi. Boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkilotining 2025-yildagi ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: