O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiya Kengashi Rayosatining 2017-yil 20-noyabrdagi 8-108“s”-sonli va O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2021-yil 12-yanvardagi 2-5 s-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi” boshlanganligini e’lon qiladi.
Ko‘rik-tanlov “Eng yaxshi korxona”, “Eng yaxshi kasaba uyushmasi”, “Eng yaxshi vakil”, “Eng yaxshi yosh mutaxassis” nominatsiyalari bo‘yicha o‘tkaziladi. Unda barcha boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari qatnashishlari mumkin.
Nizom bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: