Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tarmog’ida hisobot-saylov yig’ilishi o’tkazildi.

Hisobot-saylov yig'ilishlari Yangiliklar

2025-yil 14-fevral kuni Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Zangiota tuman Kengashi tasarrufidagi 14-umumiy oʻrta ta’lim maktabi ma’muriyati va boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkiloti oʻrtasida 2023—2025-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi toʻgʻrisida hamda maktab boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Mehnat jamoasining umumiy yigʻilishida jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi yuzasidan maktab rahbari N.T.Xasanova va boshlang’ich kasaba uyushma tashkiloti raisi S.I.Radjabovaning hisobotlari tinglandi.

Hisobot-saylov yigʻilishi kun tartibida boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotining 2020-yil fevral oyidan 2025-yil fevral oyigacha boʻlgan davrdagi faoliyati yuzasidan hisoboti, kasaba uyushma qoʻmita raisligiga saylov va tuman Kengashi konfrensiyasiga delegat saylovi kabi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilindi.

Boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotiga Radjabova Sevara Inomjonovna raisi etib saylandi.

Print Friendly, PDF & Email