Joriy yilning 14-fevral kuni Toshkent viloyati Angren shahar Tibbiyot birlashmasining Jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi yakunlari to‘g‘risida hamda kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot-saylovi tasdiqlangan nizom asosida o‘tkazildi.

Konferensiyada ish beruvchi tomonidan ma’lumot va kasaba uyushma qo‘mitasi raisining 5 yillik hisoboti tinglandi. Delegatlar tomonidan kasaba uyushmasining 5 yillik faoliyati qoniqarli baholanib, kasaba uyushmasining raisi Dildora Isakulova 5 yil muddatga qo‘mita raisligiga saylandi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining xotin-qizlar komissiya raisi, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rais o‘rinbosari Go‘zal To‘xtayeva tomonidan kasaba uyushmasiga a’zolik afzalliklari hamda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan kasaba uyushmalarining bosib o‘tgan yo‘llari, tuzilma tomonidan olib borilayotgan islohotlar hamda erishilgan yutuq va natijalar haqida to‘xtalib o‘tildi. Kasaba uyushma qo‘mitasining 2025-yilda ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: