Sog’liqni salqash xodimlari kasaba uyushmasi tizimida hisobot-saylov konferensiyasi bo’lib o’tdi.

2025-yilning 14-fevral kuni Toshkent viloyati bolalar ftiziatriya sihatgohida boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o’tkazildi.

Hisobot-saylov konferensiyasida boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkiloti raisi T.S.Gaipovning besh yillik hisoboti hamda taftish komissiya raisi S.J.Aymuxamedovalarning hisobotlari tinglandi.

Delegat qatnashchilari tomonidan kasaba uyushmasining besh yillik faoliyati qoniqarli baholanib, boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkilotining raisi Gaipov To’laboy Soipovich besh yil muddatga raislikka qayta saylandi.

Print Friendly, PDF & Email