«JASORAT MAKTABI» | 2025 1-MAVSUM

Viloyat yangiliklari Yangiliklar

Toshkent viloyatining 100 nafar yoshlari ishtrokida Angren garnizonidagi harbiy qismda «Jasorat maktabi» harbiy vatanparvarlik oʻquv yigʻinining 1-mavsumi doirasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Toshkent viloyati Kengashining Madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo’limi yetakchi mutaxassisi M.X.Xalilova hamda harbiy qism komandirining o’rinbosari, mayor — J.U.Abdullayevlar tomonidan yoshlar ishtirokida «Yangi O‘zbekistonning baxtiyor yoshlari» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tashkil etilgan mazkur o‘quv-mashg‘uloti dasturida yoshlar 10 kun davomida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport tadbirlarida ishtirok etib, Vatanparvarlik ruhidagi kinofilmlarni tomosha qilish orqali yangi bilimlar olishiga imkoniyat yaratiladi.

Davra suhbati yakunida yoshlarga O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan gigiyena vositalari to’plami sovg’a qilindi.

Print Friendly, PDF & Email