O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining 2025-yil 3-fevraldagi 14-28 “c” sonli qarori ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Kengash yangiliklari Yangiliklar

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining 2025-yil 3-fevraldagi 14-28 “c” sonli qarori ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlarni joylarda tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish, kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni tashkil etish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi apparatining 2025-yil 1-yarim yilligi uchun mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq belgilangan tadbirlarni ijrosi, kasaba uyushmalariga yangi a’zolarni jalb etish bo‘yicha belgilangan reja-topshiriq ijrosini ta’minlash hamda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarning qonuniy tartibda va sifatli hal etilishini nazorat qilish masalalari ko’rib chiqildi.

Shuningdek, “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi xatlov jarayonlarining yakuni muhokama qilindi. Muhokama davomida «Ayollar daftari»ga kiritiladigan xotin-qizlar ro‘yxatlarining shakllantirilishi va tasdiqlanishini tashkil etish yuzasidan tuman (shahar)lardan hokim o’rinbosarlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi hamda tegishli ko’rsatma va topshiriqlar berildi.

Print Friendly, PDF & Email