“Ayollar daftari”ning 6-bosqichini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Viloyat yangiliklari Yangiliklar

Toshkent viloyati hokimligining kichik majlislar zalida Toshkent viloyatida “Ayollar daftari”ning 6-bosqichini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig’ilishda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin qizlar boshqarmasi boshlig‘i N.Normirzayeva, tegishli boshqarma va tashkilot rahbarlari  ishtirok etdi.

Viloyatdagi 30 yoshdan yuqori bo‘lgan 695 915 nafar xotin-qizlar «Mahalla yettiligi» tomonidan xatlov o‘tkazilib, anketa so‘rovnomalari to‘ldirish ishlari olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 833-sonli Qarori hamda Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika komissiyasining 2024-yil 14-dekabrdagi yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Print Friendly, PDF & Email