O‘rta Chirchiq tumani va Nurafshon shahrida mazkur hududlardagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari hamda Ta’lim va fan xodimlari Kasaba uyushmalarining ushbu hududlardagi kengashlari o‘rtasida 2023 – 2025-yillar uchun tuzilgan Jamoa kelishuvlarining 2024-yildagi ijrosi yuzaisdan yig‘ilishlar o‘tkazildi.

Yig‘ilishlarda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, Ta’lim va fan xodimlari Kasaba uyushmalari Kengashi raislari, MTT va umumta’lim maktablari direktorlari, boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari ishtirok etdi.

Jamoa kelishuvlarida belgilangan vazifalar yuzaisdan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya a’zolarining dalolatnomalari, Jamoa kelishuvlarining ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarning hisobotlari o‘qib eshittirildi.

Muhokamalar yakunida Jamoa kelishuvlarining 2024-yildagi ijrosi «Qoniqarli» baholandi.

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: