Nurafshon shahrida Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmalari kengashining boshlang‘ich Kasaba uyushma qo‘mitalari raislari uchun «Jamoa shartnomalarini ishlab chiqish va hisobot-saylov yig‘ilishlarini o‘tkazish» mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyati birlashgan qo‘mitasi raisi R.Tojiboyev, O‘zbekiston Kasaba uyshmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri N.Bektoshev, Tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri Sh.Zokirov ishtirok etdi.

Ma’sullar tomonidan boshlang‘ich tashkilotlar raislariga Jamoa shartnomalari va jamoa kelishuvlarini ishlab chiqish, ularda belgilangan vazifalarni amaliyotga tadbiq etish, 2025-yil uchun ishlab chiqilgan Jamoa shartnomasi maketining o‘tgan yillarga nisbatan farqli jihatlari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, joriy yilda tizimdagi tashkilotlarda o‘tkaziliadigan hisobot-saylov yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rish, yig‘ilishlarni tashkil etish tartib-tamoyillari tushuntirib o‘tildi.

Seminar davomida boshlang‘ich tashkilotlar raislarining mavzu yuzasidan savollarga mas’ullar tomonidan javob berildi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: