Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi kasaba uyushmalari Kengashining boshlang‘ich kasaba uyushma qo’mitalari raislari uchun hisobot-saylov yig‘ilishlarini o‘tkazish bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi.

Hisobot-saylov yig'ilishlari Yangiliklar

O‘zbekiston Kasaba uyshmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashida Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi kasaba uyshmalari kengashining boshlang‘ich Kasaba uyushma qo‘mitalari raislari uchun hisobot-saylov yig‘ilishlarini o‘tkazish bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston kasaba uyshmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari O‘.Rashidov hamda Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriya xodimlari Toshkent viloyati Kengashi raisi J.Aliqulov tomonidan boshlang‘ich tashkilotlar raislariga hisobot-saylov yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish, yig‘ilishlarni tashkil etish tartib-tamoyillari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

Print Friendly, PDF & Email