Chinoz tumani | Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tarmog’ida hisobot-saylov yig’ilish bo‘lib o’tdi.

Hisobot-saylov yig'ilishlari Yangiliklar

Chinoz tumanida Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi hamda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Chinoz tumani bo‘linmasi kengashining 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa kelishuvini 2024-yildagi ijrosi bo‘yicha yig‘ilish bo‘ldi.

Yig‘ilishda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i D.A.Isakov hamda tuman bo‘linmasi kengashi raisi F.Abdullayevlarning hisobotlari tinglandi.

Ijtimoiy mehnat masalalari bo‘yicha komissiya a’zolarining 2024-yildagi dalolatnomasi o‘qib eshittirildi. Yig‘ilish ishtirokchilari muzokaraga chiqishdi, savollarga javoblar berildi.

Print Friendly, PDF & Email