Quyi Chirchiq tumani | Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tarmog’ida hisobot-saylov yig’ilish bo‘lib o’tdi.

Hisobot-saylov yig'ilishlari Yangiliklar

Quyi Chirchiq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabi faollar zalida Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi va ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Quyi Chirchiq tumani bo‘linmasi kengashining 2023-2025 yillar uchun tuzilgan Jamoa kelishuvini 2024-yildagi ijrosi bo’yicha yig’ilish bo‘lib o’tdi.

Yig’ilishda tashkilot rahbarlari, tuman kengashi a’zolari, boshlang‘ich kasaba uyushmasi raislari ishtirok etishdi. Yig’ilishda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i V. J. Akramova hamda tuman kengashi raisi Israilova Gulbahor Ergashevnaning 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa kelishuvini 2024-yildagi ijrosi bo‘yicha hisobotlari tinglandi.

Ijtimoiy mehnat masalalari bo‘yicha komissiya a’zolarining 2024-yildagi dalolatnomasini MMTB kadrlar bo‘yicha mutaxasisi D. Saydarova o‘qib tanishtirildi.

Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga mas’ullar tomonidan javoblar berildi.

Print Friendly, PDF & Email