“Boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilish (konferensiya) larini o‘tkazish” mavzusidagi amaliy o‘quv-seminar tashkil etildi

Hisobot-saylov yig'ilishlari Yangiliklar

2025-yil Kasaba uyushmalari tizimida hisobot-saylovlar yili. Mazkur jarayonda o‘tgan besh yillikdagi faoliyat sarhisob qilinib, erishilgan natijalar tahlil etiladi.

Shu bois ayni kunlarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashining tarmoq kasaba uyushmalari viloyat kengashlari tomonidan mazkur muhim davr oldidan barcha bo‘g‘indagi kasaba uyushma tashkilotlari mutasaddilari va mutaxassislari uchun hisobot-saylov yig‘ilishlariga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha o‘quvlar tashkil etilmoqda.

Bugun Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasining tuman (shahar) kengashlari, birlashgan va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari ishtirokida “Boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilish (konferensiya) larini o‘tkazish” mavzusidagi amaliy o‘quv-seminar tashkil etildi.

Print Friendly, PDF & Email