Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Angren shahar kengashi tomonidan 2025-yil 14-yanvar kuni Angren shahar 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Qurolli kuchlarining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan madaniy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Angren shahar Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik A.Ganiyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Angren shahar bo’linmasi rahbari A.Yusupov, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i S.Nuriddinov, Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Angren shahar kengashi raisi B.Yuldashev ishtirok etib bayram ishtirokchilarini bayram bilan muborakbod etdi.
🔺O‘tkazilgan bayram tadbirida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlarida faoliyat ko‘rsatayotgan CHQTB rahbarlari, baynalminalchi jangchilar, faxriylar, maktab rahbarlari va kasaba uyushmasi faollari ishtirok etishdi. 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasining konsert dasturlari bayramga o‘zgacha zavq bag‘ishladi. Tadbir ishtirokchilarining bir guruhi shahar Mudofaa ishlari bo‘limi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining fahriy yorliqlari va shahar kengashining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: