Hisobot-saylovlarini o’tkazish yuzasidan o’quv-seminar tashkil etildi

Hisobot-saylov yig'ilishlari Yangiliklar

Ma’lumki, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bosh Kengashining 2024-yil 21-dekabrdagi qaroriga asosan 2025-yilda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarini o‘tkazish belgilangan.

Shu munosabat bilan, joriy yil 13-yanvar kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashida Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi tuman (shahar) Kengash raislari va yirik boshlang‘ich tashkilotlari raislari uchun “Boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari, tuman va shahar kasaba uyushmalari kengashlarining hisobot-saylov yig‘ilishlarini tashkil etish” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.

O‘quv-seminarda O‘zKUF Toshkent viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari O‘.Rashidov, Tashkiliy bo‘lim mudiri Sh.Zokirov, Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyati Kengashi raisi Z.Ataxadjayevlar spiker sifatida ishtirok etdi.

Ma’ruzachilar ishtirokchilarga hisobot-saylov yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rish va tashkil etish tartibi, yig‘ilishni tashkil etish bosqichlari, yig‘ilish kun tartibiga kiritilishi kerak bo‘lgan dolzarb masalalar, mehnat jamoalari o‘rtasida hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazilishi bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi.

Print Friendly, PDF & Email