“Xodimlarga xavfsiz mehnat sharoiti yaratishda ish beruvchi va kasaba uyushmasi oldidagi dolzarb vazifalar” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi

Yangiliklar

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashining 2024-yil II yarim yillik ish rejasiga asosan, “Birinchi rezinotexnika zavodi” korxonasida “Xodimlarga xavfsiz mehnat sharoiti yaratishda ish beruvchi va kasaba uyushmasi oldidagi dolzarb vazifalar” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbir davomida seminar ishtirokchilari va mehmonlar “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi bo’yicha muxandislari tomonidan o’rnatilgan tartibda kirish yurigidan o’tkazildi va korxonada ishlab chiqarish jarayoni, ishchilar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarining yaratilganligi hamda kasaba uyushmasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Shundan so’ng, amaliy seminar boshlandi va seminarga Federatsiya apparatining mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri N.Gaibnazarova, viloyatdagi yirik ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarining boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari hamda mehnat muhofazasi bo‘yicha mas’ul xodimlari taklif etildi.

Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali mehnatni muhofaza qilish sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, bu masalalarda kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Print Friendly, PDF & Email