O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi Ijroiya Qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Kengash yangiliklari Yangiliklar

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashining 2024 yil 1-yarim yillik kasaba uyushmasi budjetining bajarilishi hamda kasaba uyushma a’zolik badallaridan qarzdorliklar tahlili to‘g‘risida Moliya bo‘limi mudiri Q.Karimov ma’lumot berdi.

Yig‘ilishning navbatdagi masalasi yuzasidan, Davlat va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyati Kengashining 2022-2023 yillar va 2024 yil birinchi yarim yilligida Ijtimoiy sug‘urta budjeti mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishining ahvoli to‘g‘risida Ijtimoiy sug‘urta bo‘limi mudiri U.Mirzajanovning axboroti tinglandi.

Shuningdek, 2024 yilgi bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumining yakuni to‘g‘risida hamda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” bo‘yicha qabul qilingan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashining dasturi ijrosi to‘g‘risida Madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘limi mudiri B.Xolmurzayev ma’lumot berdi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalar yuzasidan Viloyat Kengashi raisi S.Fayziyeva tomonidan tegishli topshiriqlar berildi.

Print Friendly, PDF & Email