O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining raisi o‘rinbosari E.Bayniyazov, O‘zKUF Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva, O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashining Toshkent viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi D.Sa’dullayev hamda bir guruh qishloq xo‘jaligi tizimi faollari ishtirok etdi.
Tadbirni Kengash raisi S.Fayzyieva kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilganlarni bayram munosabati bilan tabrikladi. Kengash raisi o‘z so‘zida qishloq xo‘jaligi xalqimiz farovonligi, dasturxonimiz to‘kinligining kafolati ekanligini ta’kidlab, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan fidoyi insonlarning mashaqqatli mehnatlarini e’tirof etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar qishoq xo‘jaligi sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar, ushbu tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarning mehnat huquqlarini ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilash bo‘yicha ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, xususan, bu borada kasaba uyushmalarining o‘rni va roli to‘g‘risida atroflicha fikr yuritdilar.
Tadbir yakunida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun 35 nafar faollar O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir yakunida soha xodimlari uchun bayram dasturxoni yozildi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: