“O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2022 yil 15 dekabrdagi O‘RQ-809-sonli Qonuni, Genderga oid auditni o‘tkazish bo‘yicha tasdiqlangan uch yillik rejaga asosan joriy yilning 27 noyabr kuni O‘rtachirchiq tuman tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasining Toshkent viloyat kengashi mehnat inspektorlari tomonidan jamoatchilik tartibida genderga oid audit amalga oshirildi. Genderga oid audit o‘tkazish jarayonida Qonunning mazmun mohiyati Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlari, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik masalalari yuzasidan tushuntirishlar va tavsiyalar berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: