“Ohangaron syement”AJ 1961 yil 15 dekabrdan o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, bugungi kunda Akkermann syement tomonidan boshqariladi. Korxonada 922 nafardan ziyod xodimlar faoliyat olib bormoqda. Ulardan 162 nafarini 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlar tashkil etadi. 142 nafar erkaklar 20 nafar ayollar.
Umrzakova Gavhar Mahamatjonovna “Ohangaron sement” AJ boshlang‘ich tashkilotining Yoshlar tashkilotchisi hisoblanadi. “Ohangaron syement”AJ Yoshlar birlashmasida 5 kishidan iborat Yoshlar komissiyasi o‘z faoliyatini olib boradi.
Korxonada yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan Yoshlar dasturi imzolangan. Dastur 8 banddan iborat bo‘lib, bugungi kunda Dastur bandlarining ijrosi bo‘yicha “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi har chorakda o‘tkazilgan. Sayohat tadbirlari 2 marotaba, Turkiston hamda Buxoro shaharlariga jami 80 nafar korxona yoshlari ishtirokida tashkil etilgan. Yoshlar ishtirokida sportning Minni futbol, Valleybol, Basketbol, shaxmat va shashka, tennis turlari bo‘yicha musobaqalari tashkil etilgan.
O‘tkazilgan tadbirlar ma’lumoti va hisobotlari yuritilgan. Korxonaning Akkermann haftalik gazetasi hamda ijtimoiy tarmoqlari orqali muntazam ravishda yoritib boriladi. Yoshlarning sog‘ligini tiklash maqsadida 2024 yil davomida 22 nafar xodimlarga yo‘llanma berilgan. “Yangi obod”, “Piramida” va “Avenyu Park” sihatgohlariga 3 kunlik bepul yo‘llanma asosida 450 nafar xodimlarning dam olishlari tashkil etilgan.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: