26-noyabr kuni Nurafshon shahridagi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bog‘ida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi ko‘chat ekish aksiyasi bo‘lib o‘tdi.
Aksiyada O‘zKUF raisining birinchi o‘rinbosari Z.Nizomiddinov, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashi raislari va mas’ullari, Toshkent viloyati hokimi o’rinbosari O.Sultanbekov, Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov, O‘zKUF Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva hamda kengash ijroiya qo‘mitasi xodimlari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
5,5 gektar maydondagi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bog‘ida bugungi kunga qadar 5 mingdan ziyod daraxt ko‘chatlari ekilgan. Loyiha doirasida yana 5 mingta ko’chat ekish rejalashtirilgan bo’lib, bugunning o’zida mingdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko’chatlari o’tkazildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: