“Toshkent Traktor Zavodi” MChJ da xodimlarga yaratilgan sharoitlar bo’yicha Mehnat inspeksiyasi tomonidan jamoatchilik nazorati o’tkazildi.

Kengash yangiliklari Yangiliklar

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi apparatining 2024 yil II-yarim yilligi uchun mo‘ljallangan ish rejasiga asosan O‘zbekiston Metallurgiya va mashinasozlik sanoati xodimlari kasaba uyushmasiga a’zo tashkilotlarda mehnat munosabatlariga oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi hamda xodimlar uchun qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni o‘rganish yuzasidan joriy yilning 20-noyabr kuni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Toshkent viloyati Kengashi Mehnat huquq va texnik inspektorlari tomonidan “Toshkent Traktor Zavodi” MCHJ mas’ul xodimlari, shuningdek, Kasaba uyushmasi qo’mitasi vakillari ishtirokida tashkilotda xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari jamoatchilik tartibida o‘rganildi.

O‘rganishlar jarayonida ish beruvchilar, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raislari, mutaxassislar va boshqa tegishlicha mas’ul shaxslarga O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, mehnatni muhofaza qilish Qonuni va shunga doir boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlarga muvofiq bo‘lishi xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy xuquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi yuzasidan tushuntirishlar va tavsiyalar berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.

Print Friendly, PDF & Email