Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi binosida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha faollarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda so‘z olganlar bemorlar dardiga shifo bo‘lish, xalqimiz salomatligini har tomonlama himoya qilishdek sharafli yo‘lda fidokorona mehnat qilayotgan soha xodimlarini kasb bayrami bilan qutladi.
Tadbirda viloyat ijtimoiy hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan aholi salomatligini muhofaza qilishga, sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini keng joriy etishga va tibbiy madaniyatni oshirishga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan soha xodimlari e’tirof etildi.
Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i To‘raqul Arzikulov 6 nafar tibbiyot xodimiga «Sog‘liqni saqlash a’lochisi», 7 nafari «Xalq salomatligi posponi» ko‘krak nishonlari, 2 nafariga Sog‘liqni saqlash vazirligining tashakkurnomasi hamda 23 nafariga boshqarmaning faxriy yorliq, esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: