«Zakovat» intellektual o’yini o’tkazildi.

Viloyat yangiliklari Yangiliklar

 7-noyabr kuni Nurafshon shahrida joylashgan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi kutubxonasida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan 11-noyabr – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan viloyatdagi huquqni muhofaza qilish idoralari yosh xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

“Zakovat” NNT bilan hamkorlikda tashkil etilgan intellektual musobaqada Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasining “Yosh gvardiyachilar”, viloyat Davlat bojxona boshqarmasining “Bojxona bilimdonlari”, Chegara qo‘shinlari “Toshkent” operativ qo‘mondonligining “Sarhad”, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasining “Temur vorislari”, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining “Qutqaruvchilar”, viloyat Adliya boshqarmasining “Adliya” jamoalari ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zKUF Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva kirish so‘zi bilan ochib ishtirokchilarga omad tiladi. Shuningdek, kengash raisi o‘z so‘zida kasaba uyushmalari tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar, ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdi. Shundan so‘ng, ishtirokchi jamoalar “Zakovat” NNT tomonidan tayyorlangan turli sohalarga oid 24 ta mantiqiy savollar bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Qiziqarli savol va javoblar, murosasiz baxslarga boy tarzda o‘tgan o‘yinda g‘oliblik viloyat Adliya boshqarmasining “Adliya” jamoasiga nasib etdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni esa, viloyat Bojxona boshqarmasining “Bojxona bilimdonlari” va viloyat Mudofaa boshqarmasining “Temur vorislari” jamoalari egallashdi.

G‘olib va sovrindorlar O‘zKUF Toshkent viloyati Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, barcha ishtirokchilarga kitoblar to‘plamlari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email