Respublikamizda 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!” degan g‘oya asosida “Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmalari o‘n kunligi” e’lon qilinib, ushbu o‘n kunlik doirasida Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi rahbariyatining boshlang‘ich tashkilotlarda mehnat jamoalari bilan uchrashuvlari tashkil etilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri 2024 yilning 1 noyabr kuni Respublika kengashi raisi R.Bedilov hamda Respublika kengashining mas’ul xodimlari ishtirokida Toshkent tumanidagi 14-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.
Respublika Kengash rahbariyati hamda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti a’zolari o‘rtasidagi ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda Kengash raisi R.Bedilov so‘zga chiqib, sana munosabati bilan mehnat jamoasini tabrikladi. Kengash raisi so‘nggi yillarda mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida erishilgan natijalar, kasaba uyushmalari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida yig‘ilganlarga atroflicha ma’lumot berdi.
Tadbir davomida boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti a’zolar Respublika Kengashi raisiga o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan murojaat qildilar.
Uchrashuv yakunida R.Bedilov 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan maktabning 6 nafar faol xodimlariga esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: