O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-102-sonli Farmonida Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha jamoatchilik kengashi tarkibini tasdiqlash belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining 2024-yil 31-iyuldagi 553-10-0-Q/24-sonli qarorining 1-ilovasi bilan Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha jamoatchilik kengashi tarkibi tasdiqlangan.
Viloyat jamoatchilik kengashi har oyda bir marotaba turizm sohasi subektlari faoliyati, turizm infratuzilmasi va transport logistikasi sohalarida vujudga kelayotgan muammolarni ko‘rib chiqib, ularni bartaraf qilish va mavsum oldi tayyorgarlik ko‘rish hamda oldindan xabar berish tartibi asosida faoliyat yuritishi belgilangan.
Shuningdek, mazkur farmonda berilgan topshiriqlar ijrosi hamda viloyatda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarining muammoli masalalarini bartaraf etishda sayyor qabullar o‘tkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashida viloyatda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarining muammoli masalalarini bartaraf etish bo‘yicha Toshkent viloyatida turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: