11 noyabr – “O’zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “Biz sog’lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi hamda Toshkent viloyati sport boshqarmasi hamkorligida sport musobaqasi o’tkazildi.
Unda kasaba uyushmasining turli tarmoqlari tarkibidagi korxona, tashkilot va muassasalarining kasaba uyushmalari raislari va faollari ishtirok etdi.
Qizg’in tarzda o’tgan musobaqaning g’olib va sovrindorlari quyidagicha bo’ldi:
🏃♂️Erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan mini-futbol sport turi bo‘yicha
🥇1-o‘rin | Sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi
🥈2-o‘rin |Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi
🥉3-o‘rin | Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko’rsatish sohalari kasaba uyushmasi
🏃♀️Ayollar o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa g‘oliblari
🥇1-o‘rin | Transport, yo’l va kapital qurilish, industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi
🥈2-o‘rin |Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi
🥉3-o‘rin | Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko’rsatish sohalari kasaba uyushmasining jamoasi vakillari tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari, medal va diplomlari bilan taqdirlanishdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: