Paxta yig‘im-terimi mavsumida terimchilar uchun shart-sharoit yaratilganini baholash va bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanmaslik yuzasidan Milliy monitoring o‘tkazilmoqda.
Oqqo‘rg‘on tumani Qahramon hududi Qo‘rg‘ontepa MFYda joylashgan «Saidabror Sulton Said» fermer xo‘jaligi paxta dalasidagi terim jarayonida 88 nafar terimchilar paxta terishmoqda.
Fermer xo‘jaligi rahbari Saidabror Xolsaidov tomonidan terimchilar uchun issiq ovqat, qaynatilgan suv hamda toza ichimlik suvi paxta dalasida tashkil etilgan.
Qo‘rg‘ontepa MFYda yashovchi 34 yoshli Mo‘minjonova Dilafruz Murod qizi tushlikkacha 107 kg paxta tergan. Tergan paxtaning har bir kilogrammi uchun 1 600 so‘mdan haq olmoqda.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: