O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida Umumxitoy kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari Yan Yuydun boshchiligidagi delegatsiya a’zolarining O‘zbekiston kasaba uyushmalari faollari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tashrif davomida 8-oktabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari faollarining Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuvi o’tkazilib, hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Tashrifning ikkinchi kuni Umumxitoy kasaba uyushmalari Federatsiyasi delegatsiyasi a’zolari Toshkent viloyati, tadbirkorlik, biznes va xizmat ko’rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Chirchik shahar Kengashi a’zoligidagi «UzTex Tashkent” korxonasi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi faoliyatini o’rgandi va korxona kasaba uyushmasi raisi U.Salohitdinov korxonadagi mehnatkashlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kasaba uyushma qo‘mitasi va ish beruvchi ijtimoiy sherikligida xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari hamda mehnat huquqlarini himoyalash, mehnatni muhofaza qilish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.
Uchrashuv so’ngida Kasaba uyushmalari Toshkent viloyati Kengashi raisi S. Fayziyeva Umumxitoy kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari Yan Yuydunga viloyat kasaba uyushmalari Xitoyning birorta hududi bilan memorandum imzolash va hamkorlikni yo’lga qo’yish taklifini bildirdi.
Shuningdek, ikki mamlakat kasaba uyushmalari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish orqali mehnatkashlar manfaatlarini himoyalash borasida ko‘plab ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish imkoniyatlari yaratilishiga urg‘u berildi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: