O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashi tomonidan 1 oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston xalq shoiri, senator M.Toir, Maktabgacha va maktab ta’limi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari raxbarlari va Toshkent viloyatining oliy, o‘rta mahsus, umumta’lim, maktabgacha ta’lim muassasalarida uzoq yillar mobaynida samarali mehnat faoliyatini olib borgan o‘qituvchi va murabbiylar ishtirok etishdi.
Bayram tadbirini O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva ochib, o‘z fikrlarini muhtaram Prezidentimiz tomonidan ustozlarga bergan “Shaxsan men o‘qituvchi deganda – zamon bilan hamqadam bo‘lgan jonkuyar, ziyoli shaxsni, maktab deganda – bilim va ma’rifat yog‘dusi taralib turadigan, Uchinchi Renessans poydevori qo‘yiladigan tabarruk maskanni ko‘z oldimga keltiraman” ta’rifi bilan boshladilar.
S.Fayziyeva mamlakatimiz bayrog‘ini ko‘kka ko‘tarayotgan farzandlarimizga ta’lim tarbiya berib kelayotgan murabbiylar, ustozlarning ezgu xizmatlari tufayli yoshlarimiz har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetayotgani, fan va texnika, madaniyat va san’at, sport sohalarida katta marralarni qo‘lga kiritayotganini e’tirof etib, barcha uqituvchi va murabbiylarni 1-oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan muborakbod etdilar.
Tabriklarni davom ettirgan Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i I.Akbarov ham bugun zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni, chet tillarini puxta egallab, kelajakka ulkan umid va ishonch bilan qadam qo‘yayotgan, kelajagimizning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan farzandlarimizning kamolida ustozlarimizning cheksiz hissasi borligini alohida ta’kidladi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston xalq shoiri, senator Mahmud Toir ustozlarni madh etuvchi she’rlari bilan bayram tadbiriga alohida fayz bag‘ishladi.
Tadbirda o‘qituvchi va murabbiylarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar taqdim etilib, tadbir kasaba uyushmalari tomonidan yozilgan bayram dasturxoni bilan davom ettirildi.
Dasturxon atrofidagi ustozlarning maroqli suhbati va sho‘x kuy qo‘shiqlarga boy madaniy dasturi ustozlarga bayram kayfiyat bag‘ishladi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: