Oliy ta’lim muassasalari talabalarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida xalqaro va milliy mehnat standartlarining mohiyatini targ‘ib qilish, shu orqali faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashga hissa qo‘shish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan “Mehnat huquqi yoshlar nigohida” tanlovi o‘tkaziladi.
Toshkent viloyatidagi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining faol ishtirokini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi Yoshlar bo‘limi mudiri Sh.Axunjonova tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filialida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarning kasaba uyushmasi faoliyatiga oid savollariga atroflicha javob berildi.
Ma’lumot uchun, mazkur tanlovning saralash bosqichi joriy yil 23-30 sentyabr kunlari oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tanlov.kasaba.uz sayti orqali online tarzda o‘tkaziladi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: