Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi «Xotin-qizlar muammolarini o’rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 145-sonli qarori ijrosi yuzasidan Toshkent viloyatida bajarilgan ishlar bo’yicha tanqidiy videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Yig’ilish davomida amalga oshirilayotgan ishlar hamda aniqlangan kamchiliklar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli ko’rsatma va topshiriqlar berildi.
Videoselektor yig’ilishi O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan biriktirilgan mas’ul xodim A.Yuldashev, Viloyat hokimi o‘rinbosarlari E.Muxiddinov, Z.Mirgaziyeva hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyevalar boshchiligida o’tkazildi.
Viloyat boshqarmalardan Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig’i Z.Yo’ldoshev, tegishli tijorat banklari viloyat filiallari mas’ul xodimlari, hududiy studiyalardan tuman (shahar)larga biriktirilgan Kasaba uyushmasi viloyat Kengashi mas’ul xodimlari, tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosarlari, Oila va xotin qizlar bo‘limi boshliqlari, tegishli tijorat banklari tuman (shahar) filiallari, tuman (shahar) bandlik bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: