Joriy yilning 6-sentabr kuni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan «2024-yil paxta yig’im terimi mavsumida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo’l qo’ymaslik bo’yicha Milliy monitoringni o’tkazishga oid uslubiyot, aholi bilan qayta aloqa mexanizmi, kasaba uyushmalari inspeksiyalarining vazifalari va tashkiliy-texnik masalalar» mavzusida seminar-trening va brifing o’tkazildi.
Ushbu seminar-treningda Federatsiyaning hududiy Kengash xodimlari, Milliy monitoring hududiy guruhlari a’zolari, aholi bilan qayta aloqa mexanizmi uchun biriktirilgan mas’ul xodimlar hamda Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashlari raislari ishtirok etishdi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: