O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Axunjonova tomonidan “UzAuto-INZI” MChJ qo’shma korxonasi Kasaba uyushma qo’mitasining yoshlar birlashmasi faoliyati o’rganildi.
“UzAuto-INZI” MChJ QKsi 2017-yilda o’z faoliyatini boshlagan. Korxonada 2018-yilda Kasaba uyushma qo’mitasi tuzilgan. Korxona rahbari N.T.Muratxodjayev, Kasaba uyushma qo’mitasi raisi U.M.Adilov, Yoshlar tashkilotchisi U.N.Mardiyev. Korxonada jami 260 nafar xodim mehnat faoliyatini olib boradi. Shundan 200 nafari yoshlarni tashkil etadi.
O’rganish jarayonida korxona ishchilari bilan mehnat sharoitlari hamda 2023-2025 yillar uchun imzolangan jamoa shartnomasida ko’rsatilgan imtiyozlarning bajarilishi yuzasidan suhbat o’tkazildi va zaruriy tavsiyalar berildi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: