Bugun tumandagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari hamda sinflarda “Mustaqillik darslari” tashkil etildi.
Xususan, 12-sonli umumta’lim maktabida ham “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva ishtirok etib, o‘quvchi yoshlarni bugungi o‘quv yilini ilk kuni bilan tabriklab, endigina 1-sinfga qadam qo‘ygan bolajonlarga «Prezident sovg‘alari» topshirdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: