2024-yil Toshkent viloyati hududida joylashgan 18 ta oromgohlarda 15 mingdan ziyod bolalar sog‘lomlashtirildi. Jami 6 mavsum jarayonida bolalarning maroqli dam olishi va sog‘lomlashtirilishida shifokorlar mehnatining alohida o‘rni bor.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi hamda Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan oromgohlarida samarali xizmat qilgan tuman(shahar) tibbiyot birlashmalarining 42 nafar shifokorlari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva “ZOOM” ilovasi orqali ishtirokchilariga o‘z tabrigi va minnatdorchiligini yo‘lladi. Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari F.Raxmatullayeva joriy yilning yozgi mavsumida oromgohlarda faoliyat olib borgan shifokorlarga tashakkur bildirib, Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.
Tadbir davomida viloyatning turli korxona va tashkilotlarida mehnat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 11 nafar xodimlarga, shuningdek, xizmat vazifasini bajarish paytida halok bo‘lgan Ichki ishlar xodimlari oila a’zolarining 4 nafariga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan “Umid gulshani” va “Ko‘xinur” sanatoriyalariga bepul yo‘llanmalar taqdim etildi.
Bayram tadbiri yakunida Toshkent viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Z.Eraliyeva ham ishtirokichilarini Mustaqillik bayrami bilan qutladi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: