O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshklent viloyati Kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Axunjonova tomonidan Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent tumani Kengashi yoshlar birlashmasi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida tumandagi umumta’lim maktablarining kasaba uyushma qo‘mitasi raislariga boshlang‘ich tashkilotlarda yoshlar bilan ishlash hamda yoshlar birlashmalari faoliyatini rivojlantirish yuzasidan ma’lumotlar berildi. Yuritilishi kerak bo‘lgan me’yoriy hujjatlar namunalari taqdim etildi.
Shuningdek, tuman Kengashining yoshlar birlashmasiga tegishli hujjatlari bilan tanishildi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: