O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent tumani Kengashi tomonidan yosh o‘qituvchilar ishtirokida sportning “Shaxmat” va “Shashka” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Unda tuman umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan yoshdagi o‘qituvchilar, ayollar “Shaxmat”, erkaklar “Shashka” turida o‘zaro bellashishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Shaxmat” musobaqasining g‘olibligi 2-umumta’lim maktabining o‘qituvchisi Z.Rahimovaga, “Shashka” turida g‘oliblik 30-maktabning o‘qituvchisi E.Mamadiyevga nasib etdi.
Musobaqa g‘oliblari hamda ishtirokchilariga kasaba uyushmasi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alar taqdim etildi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: