Yangi o‘quv yilining boshlanishi va Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan tibbiyot muassasalarida mehnat qilib kelayotgan tibbiyot xodimlari farzandlarining 269 nafariga yangi o’quv yili oldidan o‘quv qurollari jamlanmasi sovg‘a qilindi.
Ushbu xayrli tashabbus O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashi hamda Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyati kengashi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Bunday g‘amxo‘rlik ota-onalarni mamnun etmasdan qolmadi. Ular farzandlari uchun ko‘rsatilgan yuksak e’tibor uchun tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: