O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashida umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan «Mahalla obod — yurt obod» shoiri ostida umumxalq xayriya hashari tashkil etildi.
Hashar joylardagi barcha tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, shuningdek, fuqarolar yig‘inlari hududida uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi xodimlari ham umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqdalar.
Viloyat Kengashi binosi atrofidagi ko‘cha va hovlilar tozalandi. Ushbu obodonlashtirish ishlariga barcha xodimlar o’z hissalarini qo‘shdilar.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: