🔺Mamlakatimizda e’lon qilingan umumxalq hashari munosabati bilan Bo‘stonliq tumani Chimyon MFY, “Surpa” hududida Mustaqilligimizning 33 yillik shodiyonalarini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bilan hamkorlikda “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostidagi “Ekoturizm” aksiyasi tashkil etildi.
🔺Unda Kasaba uyushmasining Bo‘stonliq tumani Kengashlari tasarrufidagi tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan yosh kasaba uyushma a’zolari ishtirok etdi.
🔻Bo‘stonliq tumani Ekologiya inspeksiyasi rahbari U.Mansurov tomonidan “Ekologiyani asrash-burchimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazilib, ishtirokchilarga yurtimizda yashil tabiatni asrash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🔸Sana munosabati oldidan tashkil etilgan mazkur aksiya ishtirokchilari ham obodonlashtirish ishlariga, tabiatni asrashga hissa qo‘shish maqsadida Chimyon MFY va Navobot MFY hududlarida hashar ishlarini olib borishdi.
🔺Obodonlashtirish ishlari tashkil etilgan hududning tabiat manzaralaridan bahra olish, miriqib suhbat qurish, maroqli dam olish yanada zavqliroq bo‘lishini anglagan yoshlar endilikda bu kabi ishlarda muntazam ishtirok etish istagini bildirishdi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: