Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining Ohangaron shahar bo‘linmasi kengashi tomonidan joriy yilning 21-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 33 yillik bayrami munosabati bilan “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” mavzusida ma’rifat soati tashkil etildi.
Ma’rifat soatida viloyat Kengashi apparatining Madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘limi mudiri B.Xolmurzayev va Respublika Ma’naviyat ma’rifat markazining Ohangaron shahar bo‘linmasi rahbari ishtirok etishdi.
Ma’rifat soatlarini barcha boshlang‘ich tashkilotlarda ham tashkil etish bo’yicha ko‘rsatmalar berildi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: